Sidney shahrini suv bosdi

Sidney shahrini suv bosdi

Avstraliya sharqida 8-iyun kuni suv to‘g‘oni toshishi oqibatida Sidney shahrining qator hududlarini suv bosdi. Bu haqda Avstraliya mahalliy nashrlari tarqatgan ma’lumotga asoslanib, Anadolu xabar berdi.

Mahalliy amaldorlar aholiga vaziyat vaqt o‘tgani sari o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qilgan. Evakuasiyaga tayyorgarlik ko‘rish tavsiya qilingan.

Manbada aytilishicha, Sidney janubi-g‘arbidagi Varragamba suv to‘g‘onida kuchli yomg‘ir oqibatida suv toshgan. Oqibatda shaharning quyi hududlari suv ostida qolgan.

Sidney ma’muriyati shahar shimoli-g‘arbidagi aholi hududlariga ogohlantirish yo‘llagan. Istalgan paytda evakuasiya uchun tayyor turishni so‘ragan. Varragamba to‘g‘onidan suv oqimi nisbatan sekinlashgan bo‘lsa-da, toshqin xavfi saqlanib qolmoqda. Yomg‘irlar to‘xtagan bo‘lsa-da, daryolar sathi sekin sur’atda pastlamoqda.

“Fuqarolar evakuasiya qilinmagan taqdirda, biz ulardan uzoq muddatli izolyasiyaga tayyor bo‘lishlarini so‘raymiz”, — degan hokimiyat rasmiysi Debbi Plas.

Sidneyning shimoli-g‘arbiy qismida, taxminan 5 million aholi yashaydigan hududda katta suv toshqini sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!