Shveysariyada muzlatilgan Rossiya aktivlarining Kiyevga o‘tkazilishi noqonuniyligi aytildi

Shveysariyada muzlatilgan Rossiya aktivlarining Kiyevga o‘tkazilishi noqonuniyligi aytildi

Shveysariyada muzlatilgan Rossiya aktivlarining Ukrainaga o‘tkazilishi qonunni buzadi, dedi Shveysariya Iqtisodiyot, ta’lim va tadqiqot vaziri Gay Parmelan Le Matin Dimanche gazetasiga bergan intervyusida.

Parmelan Shveysariyadagi mulk huquqini asosiy deb atadi va bu mamlakat konstitusiyasi bilan kafolatlanganini qo‘shimcha qildi.

“Shunday qilib, bir davlatdan yoki jismoniy shaxslardan boshqasiga o‘tkazish uchun pul olish, mavjud qonunchilik bazasini hisobga olgan holda imkonsizdek tuyuladi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Parmelanning ta’kidlashicha, Shveysariya konstitusiyaviy davlat bo‘lganligi sababli qonunga rioya qilishga majburdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!