Shvesiya Livandagi elchixonasini yopdi

Shvesiya Livandagi elchixonasini yopdi

Livan poytaxti Bayrutdagi Shvesiya elchixonasi vaqtincha yopiladi. Xodimlardan Kiprga borishni so‘raldi. Bu haqda Shvesiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom ma’lum qildi.

“Sababi shundaki, mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat nihoyatda xavotirli va mojaro avj olish xavfi bor”, deydi vazir.

Shvesiyaning Bayrutdagi elchixonasida olti kishi ishlaydi. Billstryom xodimlar Livanni qanday, qachon va qancha muddatga tark etishlarini tushuntirmadi.

Taxminlarga ko‘ra, gap avgust haqida ketyapti, ammo bu muddat xavfsizlik holatiga qarab uzaytirilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!