Shayxontohur tumanidagi 8 xonadon yonib ketdi

Shayxontohur tumanidagi 8 xonadon yonib ketdi

2020 yilning 25 yanvar tungi soat 23:29 da, Toshkent shahrining Shayxontohur tumani “Islomobod” MFY, Ko‘kcha tor ko‘chasida joylashgan   8 xonadonda yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in natijasida uy jihozlari, tom qismi va uyning 60 kv.m. maydoni yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovor bo‘linmalari manzilga soat 23:33 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 24:00 bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida xalok bo‘lgan va jabirlaganlar yo‘q. Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!