Shamollaganda xalqona usuldan foydalanish

Shamollaganda xalqona usuldan foydalanish

Nafas yo‘llarining og‘ir kechadigan shamollashi tumovdan boshlanadi. Bu alomat yoqimsiz bo‘lsa ham unchalik qo‘rqinchli emas. Eng xavflisi,  infeksiya  avval tomoq va bo‘g‘izni egallaydi,  keyin esa traxeya, bronx va o‘pkaga o‘tadi. Tumov  boshlanayotgan paytida-yoq uning oldini olish lozim.

Shamollash, yo‘tal sababsiz paydo bo‘lmaydi – u biror-bir yuqumli, respiratorli yoki virusli turdagi kasallik belgisidir.

Har qanday kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dorilarning, shu jumladan antibiotikning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud. Ijobiy tomonlari shuki, zararli mikroblarga barham beradi, bemorning   ahvoli tezda yengillashadi. Biroq,  immunitetni tushirib yuboradi.Bu esa organizmning turli kasalliklarga qarshi kurashish xususiyatini pasaytiradi.  Shuning uchun antibiotiklarni vrach tavsiyasi va  nazorati ostida qabul qilish lozim. 

 Agar kasallik davrida  yuqori harorat va keskin lanjlik holati bo‘lmasa, xalq tabobati usullarida davolash mumkin.

Vitaminlar virusli infeksiyalarga qarshi kurashda juda yaxshi vosita bo‘lib, ayniqsa C vitamini – kuchli antioksidant hisoblanadi. Ular grippni kompleks davolashda tarkibiy qism sifatida ishlatiladi. Shuning uchun limonli choyni,  sabzavotli , mevali salatlarni ko‘p is’temol qilishga intilish kerak.

 Asal – yo‘talni davolovchi birinchi va eng yaxshi yordamchidir. Kunduzi va uyqu oldidan iliq sut ichish – nafas yo‘llaridagi qichishish va og‘riqni kamaytiradi va tungi yo‘tal xurujining oldini oladi. Balg‘amni  chiqarish uchun, bir stakan sutga 2 osh qoshiqda asal va bir chimdim soda qo‘shiladi.

Karam sharbati bilan asal ham yo‘talni kamaytirishga yordam beradi. Asal ta’bga ko‘ra sharbatga qo‘shiladi va kun davomida qabul qilinadi. Emizikli va undan kattaroq bolalarga ham berish mumkin.

Sut – yo‘talni davolovchi eng samarali vosita. U tomoq yallig‘lanishini bartaraf etadi, balg‘amni ajratishga va chiqarishga yordam beradi. Yo‘tal paytida uni qaynatib, iliq holda ichish juda foydali. Yo‘tal juda kuchli hollarda, yarim litr sutga bir bosh sarimsoq va 2 dona maydalangan piyoz qo‘shib, 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Hosil bo‘lgan suyuq bo‘tqaga yoqimli ta’m berish uchun ozroq asal qo‘shiladi va kuniga 1 osh qoshiqdan 4-5 mahal ichiladi.

Saryog‘li sut. Iliq sut va saryog‘ quruq yo‘talni yumshatishga va tomoq qichishishini bartaraf etishga yordam beradi. Bir stakan sutga 50 gramm saryog‘ solinadi va uyqu oldidan qabul qilinadi.

Bananli sut – yo‘talni davolovchi eng mazali vositadir. Banan bo‘tqasimon qilib maydalanadi, iliq sut va asal qo‘shilib, blenderda yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan qiyom kechki payt yotishdan oldin yoki saharda ichiladi.

Bir litr suvga bir bosh sarimsoq va 2 dona maydalangan piyoz qo‘shib qaynatilgan suvning parida nafas olish ham yaxshi samara beradi. Shuningdek tez-tez isiriq tutatib turish ham lozim.

Manba: gujum.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!