Seulda Samsung Electronics kompaniyasi xodimlari ish tashlash e’lon qildi

Seulda Samsung Electronics kompaniyasi xodimlari ish tashlash e’lon qildi

Juma kuni Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi kasaba uyushmasi ish tashlash e’lon qildi. Texnologiyalar konglomerati xodimlari ish haqini oshirishni so‘rashdi. Ushbu kompaniya vakillari tashkil etilganidan buyon 55 yil o‘tib birinchi marta shunday qadam tashladi. Bu haqda BBC yozgan.

28 000 a’zosi bo‘lgan Samsung Electronics Milliy uyushmasi (NSEU) payshanba kuni kompaniyaning Seuldagi xodimlari bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri keladigan 7 iyun, juma kuni bir kun ishga bormasliklarini ma’lum qildi.

Uyushma rasmiylarining ta’kidlashicha, texnologiya giganti rahbariyati bilan ish haqini oshirish va bonuslar bo‘yicha muzokaralarning bir necha qismi buzilgan.

“Bugungi ish tashlashdan maqsad rahbariyat bilan gaplashish va jamoaviy kelishuvga erishishdir”, - dedi NSEU vakili Li Xen Kuk Reuters agentligiga bergan intervyusida.

Samsung Electronics ish tashlash kompaniyaning ishlab chiqarish yoki biznes faoliyatiga ta’sir qilmaganini aytdi.

“Biz kasaba uyushmasi bilan chin dildan hamkorlik qilamiz va muzokaralarni davom ettiramiz”, – dedi kompaniya vakillari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!