Markaziy bank 100 ming so‘mlik pul muomalaga chiqarilishini rasman tasdiqladi

Markaziy bank 100 ming so‘mlik pul muomalaga chiqarilishini rasman tasdiqladi

15 yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100000 (yuz ming) so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’kulladi.

Yirik nominaldagi banknota Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlarda ko‘ra muomalaga chiqarilmoqda:

- aholi uchun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;

- naqd pullarni saqlash va tashish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish;

- aholiga bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatishda samaradorlikni oshirish;

- muomaladagi naqd pullar tarkibini optimallashtirish.

100 000 (yuz ming) so‘m qiymatdagi banknotlar joriy pul massasi doirasida chiqariladi hamda uning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Yangi nominaldagi banknotning ko‘rinishi, tasnifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!