Saudiya malikasi Amira at Tavil. U aslida kim?

Saudiya malikasi Amira at Tavil. U aslida kim?

To‘liq ismi Amira bint Aydan bint Nayef at-Tavil al-Otaibi bo‘lgan malika Amira 1983 yil 6 noyabrda Ar Riyod shahrida tavallud topgan. «Alwaled Philanthropies» xayriya jamg‘armasi raisining o‘rinbosari, Katar Silatech kompaniyasi Vasiylik kengashi a’zosi hisoblanadi.

Malika Nyu-Xeyven universitetini Biznes boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan.

Malika Amira Saudiya Arabistoni va butun dunyoda ko‘plab gumanitar muammolar bilan shug‘ullanadi. U faoliyat yurituvchi jamg‘arma qashshoqlikka qarshi kurash, tabiiy ofatlarni bartaraf etish, dinlararo muloqot va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan dastur va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro notijorat tashkilotdir.

Malika amerikaning bir qator ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonida ayollarning mashina haydash huquqiga ega bo‘lishini faol targ‘ib qilgan.

Malika Amira 19 yoshida o‘zidan 28 yosh katta shahzoda Valid ibn Talal bilan turmush qurgan. Juftlik 2013 yil noyabrda rasman ajrashgan.

Malika Amira o‘zining konservativ jamiyatdagi yangicha qarashlari bilan butun dunyoga mashhur hisoblanadi. U buni hatto o‘z kiyinish tarzida ham ifoda etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!