Samarqandlik firibgar yoshi ulug‘ ayolni chuv tushirdi

Samarqandlik firibgar yoshi ulug‘ ayolni chuv tushirdi

2019 yil 16 may kuni Toshkent viloyatining IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi 25 yoshli B.M. Zangiota tumanida yashovchi 66 yoshli A.T. ismli ayolga birgalikda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlikni aytib, aldov yo‘li bilan unga tegishli bo‘lgan uyni qonuniy tarzda 32 000 AQSh dollariga sotgan va va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.M. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!