Samarqandda YPX inspektori to‘xtatgan "Damas" ichidan 18 nafar yo‘lovchi tushib keldi

Samarqandda YPX inspektori to‘xtatgan "Damas" ichidan 18 nafar yo‘lovchi tushib keldi

Samarqandda "Damas" haydovchisi 18 nafar yo‘lovchi bilan harakatlandi.

Samarqandda YPX inspektori to‘xtatgan "Damas" ichidan 18 nafar yo‘lovchi tushib keldi

M-37 avtomobil yo‘lining 11-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi avtomashinani to‘xtatganda transport vositasi ichidan ichidan jami shuncha yo‘lovchi tushib kelgan. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining xabariga ko‘ra, haydovchiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 159-bandi talabini buzganligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

"Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, yo‘lovchilardan esa o‘z salomatliklariga e’tiborsiz bo‘lmasliklarini so‘raymiz",-deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!