Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda avtomobillarda stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi

Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda avtomobillarda stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi

Bugun, 1 iyundan boshlab  Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda ertalab 7:00 dan 10:00 gacha, kech 17:00 dan 20:00 gacha avtotransport, mototransport vositalari va velosipedlarga stikersiz harakatlanishga ruxsat beriladi.

Avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Bu haqda  Samarqand viloyat Epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi yig‘ilishida aytib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!