Salim Abduvaliyev 6 yilga qamalgani bo‘yicha rasmiy axborot berildi

Salim Abduvaliyev 6 yilga qamalgani bo‘yicha rasmiy axborot berildi

2024 yil 19 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida S.Abduvaliyev (1950 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, jamoatchilik asosida Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi raisi lavozimlarida ishlagan, nafaqaxo‘r, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq S.Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-prosessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatildi.

S.Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor, deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!