Rossiyaning Vladivostok shahri vaqtincha ishlayotgan vatandosh xotin-qizlar holidan xabar olindi

Rossiyaning Vladivostok shahri vaqtincha ishlayotgan vatandosh xotin-qizlar holidan xabar olindi

O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlari Rossiyaning Vladivostok shahridagi "Prazdnik vkusa" mas’uliyati cheklangan jamiyatida vaqtincha ishlayotgan vatandosh xotin-qizlar bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif avvalida mehnat migrantlariga yaratib berilgan sharoitlar o‘rganildi va korxona rahbariyatiga ularni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Vatandoshlar bilan kechgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti rahnamoligida xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, taraqqiyotimizning barcha jabhalarida xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilayotgan sharoitlar alohida urg‘ulandi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga Bosh konsulxona faoliyati, O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv so‘ngida vatandoshlarga turli xil namoyishlar va tartibsizliklarda ishtirok etmaslik, mahalliy urf-odat va an’analarni hurmat qilish hamda Rossiyaning migrasiya bo‘yicha qonunlariga rioya etish zarurligi ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!