Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan 3 o‘zbekistonlikning jasadi Andijonga olib kelindi

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan 3 o‘zbekistonlikning jasadi Andijonga olib kelindi

Rossiya Federasiyasining Oryol viloyatida avtohalokatda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlari o‘z vatanlariga olob kelindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ilgari xabar berilganidek, 2018 yil 11-sentyabr kuni Rossiyaning Orel viloyatida avtohalokat oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 3 nafar fuqarosi halok bo‘lgan edi.

Favqulotda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi hamda mahalliy diasporalar tomonidan joriy yilning 15-sentab kuni amalga oshirilgan qo‘shma tadbirlar natijasida, halok bo‘lgan fuqarolar jasadlari O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyatiga havo transporti orqali olib kelindi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!