Rossiyada Ukraina Qurolli Kuchlariga qo‘shilishni xohlagan isroillik deportasiya qilindi

Rossiyada Ukraina Qurolli Kuchlariga qo‘shilishni xohlagan isroillik deportasiya qilindi

Rossiya hukumati Ukraina armiyasiga qo‘shilishni istagan 64 yoshli Isroil fuqarosini qo‘lga olib, mamlakatdan deportasiya qildi. Bu haqda FSB matbuot xizmatiga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Bir paytlar Isroil armiyasida xizmat qilgan Yuval Lanzman Rossiyaning Ukrainaga qarshi olib borayotgan urushiga salbiy munosabatda bo‘lgan va Ukraina tomoni bilan bog‘lanib, o‘zini jangchi sifatida taklif qilgan.

«Xavfsizlik organlari nomidan Isroil fuqarosi Lanzman Yuvalga ushbu moddaning 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat sodir etish uchun sharoit yaratuvchi harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida rasmiy ogohlantirish berildi. Jinoyat kodeksining 205.5-moddasi (terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etish) bo‘yicha uning nazorat ostida mamlakatdan chiqib ketishi Isroilga keyingi jo‘nab ketish uchun amalga oshirilgan», — deyiladi xabarda.

Uning Rossiyaga kelishi ham taqiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!