Rossiyada saylov uchastkalariga siyohi o‘chadigan ruchkalar keltirilgan

Rossiyada saylov uchastkalariga siyohi o‘chadigan ruchkalar keltirilgan

Rossiyada saylov uchastkalariga siyohi o‘chadigan ruchkalar keltirishgan, deb xabar bermoqda “Sirena” o‘z manbalariga tayanib.

Bunday holat Rostov-Don va Kursk viloyatlarida qayd etilgan. U yerdagi saylov uchastkalarida ruchkalar bilan qog‘ozga chizilgach, alanga bilan qizdirilganida, siyohlar g‘oyib bo‘lgan.

“Bunday ruchkalar bilan to‘ldirilgan byulletenlarni saylov komissiyasi a’zolari uchastkalar yopilgach, “tuzatishlari” mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 15—17 mart kunlari Rossiyada prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Saylov uchastkalari 15 mart kuni 8:00 da ochiladi, mamlakatning ayrim hududlari uchastkalar o‘z faoliyatini boshlagan.

Byulletenga to‘rt nomzod kiritilgan. Bular amaldagi prezident Vladimir Putindan tashqari, Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Vladislav Davankov (“Noviye lyudi” partiyasi vakili), LDPR yetakchisi Leonid Slutsiy va Davlat dumasining Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish qo‘mitasi raisi Nikolay Xaritonov (KPRF vakili).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!