2025 yildan boshlab aholi bandligini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ularning o‘rnini foizsiz qarzlar — ssudalar egallaydi. Bu o‘zgarish mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish hamda ularning belgilangan muddatda qaytarilishini ta’minlash uchun joriy etilmoqda. Shu yo‘l bilan davlat mablag‘laridan foydalanishda mas’uliyat oshishi kutilmoqda.
Joriy yilda 6 turdagi subsidiya aynan foizsiz ssuda shaklida beriladi. Mablag‘lar faqat belgilangan maqsad uchun yo‘naltiriladi va shartnoma asosida belgilangan vaqtda qaytariladi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur tartib subsidiyalardan suiiste’mol qilish holatlarini kamaytiradi hamda davlat mablag‘larining aylanmada samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu choralar aholi bandligi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda yanada barqaror mexanizm yaratishga xizmat qilishini bildirmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.