Rossiyada chet elliklar hujjatlari muddati 2021 yilning yozigacha uzaytirilishi mumkin

Rossiyada chet elliklar hujjatlari muddati 2021 yilning yozigacha uzaytirilishi mumkin

Rossiyada chet ellik fuqarolarning hujjatlari muddatini kelgusi yilning yoz oyigacha uzaytirishlari mumkin, deb xabar qilmoqda "Parlamentskaya gazeta" nashri.

Bu haqda Federasiya kengashida migrantlarning ijtimoiy-madaniy adaptasiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish vaqtida RF IIV migrasiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Kirill Adzinov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda hujjat muddatini uzaytirish ustida ish ketmoqda.

"Biz prezident administrasiyasi bilan uning keyingi uzaytirilishi ustida ish olib bormoqdamiz. Kutilishicha, hujjat kelgusi yilning yoz oylarigacha uzaytirilishi mumkin", - deya aniqlik kiritdi Adzinov.

Eslatib o‘tamiz, chet ellik fuqarolarning hujjatlari muddatini uzaytirish qarori koronavirus pandemiyasi va 18 aprel kuni mamlakatlar o‘rtasida chegaralar yopilishi munosabati bilan e’lon qilingan edi.

O‘sha vaqtdan buyon hujjat ikki marotaba uzaytirildi. Avvaliga 15 sentyabr, so‘ngra 15 dekabrga qadar.

Ta’kidlash joizki, qabul qilingan hujjatga ko‘ra, migrantlar Rossiyada ularga mamlakatda yashash huquqini beruvchi hujjatlari muddati o‘tib ketgan taqdirda ham qolishlari mumkin.

Registrasiyalar, patentlar, yashash huquqini beruvchi hujjat (vid na jitelstvo) va boshqa hujjatlar muddati o‘tgan hisoblanmaydi, ularni bekor qilishmaydi, shuningdek, bu asosda chet elliklar RFdan deportasiya ham qilinmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!