Rossiya prezidenti Ukraina mojarosi bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidenti Ukraina mojarosi bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidenti Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Ukraina mojarosi bo‘yicha bayonot berdi. Vladimir Putinning bayonotidan asosiy iqtiboslar:

◾️ Rossiya urushda g‘alabaga erishadi;

◾️ Ukraina ijroiya hokimiyati legitimligini yo‘qotgan;

◾️ Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar hozirgi voqeliklarga asoslanishi kerak;

◾️ Rossiya Federasiyasi hech qachon yadroviy ziddiyat ritorikasini boshlamagan;

◾️ Rossiya yadroviy doktrinasi harakatdagi vositadir, unga o‘zgartirishlar kiritish mumkin;

◾️ Maxsus harbiy operasiya bo‘yicha barcha rejalar amalga oshiriladi. Qo‘yilgan vazifalarini hal qilishni tezlashtirish mumkin, lekin bu yo‘qotishlarni ko‘paytirish evaziga bo‘ladi. Biz uchun rossiyalik harbiylarning hayoti muhimroq;

◾️ Rossiya yangi yadroviy sinovlarni o‘tkazishi mumkin, ammo hozircha bunga ehtiyoj yo‘q;

◾️ Bizning hududlarimizga zarba berish uchun Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi holatlariga tegishli javob chiralari ko‘rishga haqlimiz;

◾️ Rossiyada mobilizasiya rejalashtirilmagan, bunga ehtiyoj yo‘q. Bu yil 160 mingdan ortiq kishi ixtiyoriy ravishda harbiy komissiyalarga kelib, shartnoma imzoladi;

◾️ Kiyev safarbarlik yoshini pasaytiradi, bu AQShning sharti hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!