Rossiya - Paragvay uchrashuvi terakt sabab bekor qilindi

Rossiya - Paragvay uchrashuvi terakt sabab bekor qilindi

Rossiya va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi Moskvadagi terakt tufayli bekor qilindi. Uchrashuv "VTB Arena"da 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22.00 da bo‘lib o‘tishi kerak edi.

“Krasnogorskda yuz bergan terakt munosabati bilan Rossiya futbol ittifoqi va Paragvay futbol assosiasiyasi Rossiya va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinini bekor qilishga qaror qilishdi”, — deyiladi Rossiya terma jamoasining Telegram-kanalida.

Tomonlar o‘yin boshqa vaqtda o‘tkazilishi mumkinligi haqida kelishib oldilar.

Qayd etilishicha, o‘yinga chipta sotib olgan muxlislar pulni to‘liq qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.

22 mart, juma kuni noma’lum shaxslar Krasnogorskdagi Krokus Citi Xoll binosida otishma boshladi. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, terakt oqibatida 60 dan ortiq odam halok bo‘lgan, qurbonlar soni ortishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!