Ronalduning o‘g‘li Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi

Ronalduning o‘g‘li Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi

Kichkina Krishtianu Ronaldu 13 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida Saudiya Arabistoni chempioni bo‘ldi.

Ronalduning katta o‘g‘li "Al Nassr" bolalar jamoasi safida chempionat yakunlanishidan uchta tur avval sovrinni qo‘lga kiritdi.

"Uhud"ga qarshi bahsda (4:1) kichkina Ronaldu gol muallifiga aylandi.

"Kichik yulduzlarimizni tabriklaymiz! Bizni yorqin kelajak kutmoqda" - deyiladi "Al Nassr" ijtimoiy tarmoqlarida.

O‘g‘lidan farqli o‘laroq Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan Krishtianu Ronaldu hozircha milliy chempionat g‘olibiga aylangani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!