Rim Papasi Isroil va XAMASni imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga chaqirdi

Rim Papasi Isroil va XAMASni imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga chaqirdi

Rim Papasi Fransisk Isroil va XAMASni o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha takliflarni zudlik bilan qabul qilishga chaqirdi, deya xabar beradi Euronews.

U kelgusi hafta gumanitar yordam konferensiyasiga mezbonlik qiladigan Iordaniyaga minnatdorchilik bildirdi va G‘azodagi falastinliklarga shoshilinch insonparvarlik yordami yetkazilishini so‘radi.

Pontifik muzokaralar oson kechmasligini tan oldi, lekin o‘t ochishni to‘xtatish taklifini har ikki tomon ham qabul qilishiga umid bildirdi.

Shuningdek, u Myanma haqida gapirib, dindorlardan mamlakat tinchligi uchun duo qilishni unutmasliklarini so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!