Rim metrosida eskalatorning qulashi oqibatida rossiyalik muxlislar jabrlandi

Rim metrosida eskalatorning qulashi oqibatida rossiyalik muxlislar jabrlandi

“SSKA” futbol klubining 30 muxlisi Chempionlar ligasi doirasida “Roma” bilan uchrashuv oldidan Rim metrosi stansiyasidagi eskalatorning qulashi oqibatida jabrlanishgan. Bu haqda Rossiyaning Rimdagi elchixonasida ma’lum qilindi. 

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchilardan 7 kishi zambillarda olib ketilgan, ularning ahvoli og‘ir. Yana 5 kishi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohat olgan, 18 jabrlanuvchi yengil jarohatlar olib stansiyani o‘zlari mastaqil tark etishgan. 

Italiya o‘t o‘chirish xizmati vakilining aytishicha, bir guruh odamlar stansiyaga eskalatorda tushayotganlarida falokat yuz bergan. 

Mahalliy OAV taxminiga ko‘ra, rossiyalik fanatlar mast holatda bo‘lib, eskalatorda sakray boshlashgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!