Rekord issiqlik Eronda energiya inqirozini keltirib chiqardi

Rekord issiqlik Eronda energiya inqirozini keltirib chiqardi

Eron g‘ayritabiiy issiqlik tufayli elektr energiyasini iste’mol qilish bo‘yicha tarixiy rekordni qayd etdi. Eronning Tevanir energetika kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kecha iste’mol 79 189 megavattga yetgan.

Tevanir bosh direktori Mustafo Rejebi Mashhadiy: «Oxirgi kunlarda mamlakat bo‘ylab o‘rtacha harorat o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 darajaga ko‘tarilib, elektr energiyasi iste’molini haddan tashqari oshirib yubordi» dedi.

💡 Vaziyatdan chiqish uchun rasmiylar Tehronda 27 iyulni dam olish kuni deb e’lon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

«Agar elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondira olmaydigan vaziyat yuzaga kelsa, shanba kuni Tehronda dam olish kuni deb e’lon qilinishini talab qilamiz. Davlat idoralari, banklar va xususiy sektor vakillari uchun dam olish kunini e’lon qilish, shubhasiz, elektr energiyasi iste’molini kamaytirishda samaraliroq bo‘ladi», — dedi Mashhadiy.

Rasmiylar elektr toki uzilishining oldini olish uchun aholini elektr energiyasini tejashga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!