"Real" Mbappening atrofidagi voqealardan xavotirda

"Real" Mbappening atrofidagi voqealardan xavotirda

Madridning "Real" klubi "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappega qaratilgan ko‘p miqdorda tanqidlardan norozi, deb xabar bermoqda Sport.es nashri.

"Qirollik klubi" vakillari 25 yoshli fransiyalik futbolchi bilan bog‘lanib, qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe kelayotgan yozda Madrid grandi safiga qo‘shilishi kerak. Kilian "Los Blankos"ga erkin agent sifatida qo‘shiladi. Tomonlar besh yilga uzoq muddatli mehnat shartnomasi tuzadilar. Mbappe Parij klubida 2017 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Fransiya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 25 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!