Rasul Kusherbayev: "Bu ahvolda kasallikni yengib bo‘lmaydi"

Rasul Kusherbayev: "Bu ahvolda kasallikni yengib bo‘lmaydi"

Ayni damda O‘zbekiston hududida karantin e’lon qilinganiga, bir qator cheklovlar o‘rnatilganiga qaramay, ayrimlar bu qoiadalarni pisand etishmayapti. Deputat Rasul Kusherbayev ayni shu mavzuda o‘z fikrini bildirdi.

Viloyatlarni bilmadimu biroq Toshkent shahrining o‘zida ham odamlar karantin bo‘yicha cheklovlarni jiddiy signal sifatida qabul qilmayapti, tibbiy tavsiyalarga yuzaki yondoshmoqda. Niqob taqish, antiseptik vositalarni ishlatish, uch nafardan ko‘p bo‘lib to‘planmaslik kabi talablar ko‘pchilik uchun havoda qolayapti. Toshkent ko‘chalarida haliyam avtomobillar qaynab yotibdi.

Bu ahvolda kasallikni yengib bo‘lmaydi.

Favqulodda holat joriy etish va og‘ir bo‘lsa ham hammasini chetga surib, keskin choralar ko‘rishdan boshqa yo‘l ko‘rinmayapti.  

Rasul Kusherbayev


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!