Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligini boshqa birovga topshirdi

Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligini boshqa birovga topshirdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 13 yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga yaroqsizligi tufayli Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajara olmaydi. Bu haqda "Qalampir" xabar bermoqda.

Qodirovning vaqtincha iste’fosini o‘zida aks ettirgan farmoyish 13 yanvar, dushanba kuni imzolangan. 

"Checheniston Respublikasi Konstitusiyasining 76-moddasiga muvofiq, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligim bois, 2020 yilning 13 yanvar kunidan Checheniston Respublikasi rahbarligini bajarishni Checheniston Respublikasi Hukumat rahbari Xuchiyev Muslim Magomedovichga yuklayman",  deyiladi Checheniston rahbari va hukumati saytida e’lon qilingan hujjatda.

Kecha Rossiya Federasiyasida boshqaruv tizimida ham o‘zgarishlar kuzatilib, Medvedev iste’foga chiqqan edi.  Prezident Putin  Federal Soliq Xizmati rahbari Mixail Mishustinga Bosh vazir lavozimini taklif qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!