Radioboshlovchi Ekvadorning yangi vise-prezidenti bo‘ldi

Radioboshlovchi Ekvadorning yangi vise-prezidenti bo‘ldi

Guayakillik radioboshlovchi va iqtisodchi Otto Sonnexolsner Ekvador vise-prezidentligiga tayinlandi. Shu haqdagi qaror mamlakat Milliy assambleyasi (bir palatali parlament) majlisida qabul qilingan, deb yozadi «TASS».

Ekvador qonunchiligiga ko‘ra, vise-prezident lavozimi qaysidir sabab bilan bo‘sh qolsa, mamlakat rahbari 15 kun davomida 3 ta nomzod ro‘yxatini shakllantirib, parlamentga yuborishi lozim.

Otto Sonnexolsner 94 ta ovoz olib, mamlakatning konstitusiyaviy vise-prezidenti etib tayinlangan va shu zahoti o‘z vazifasiga kirishgan. U 2021 yilgacha vise-prezidentlik lavozimida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining boshida Ekvador Prezidenti Lenin Moreno Mariya Aleksandra Vikunyani mamlakat vise-prezidentligi lavozimidan ozod qilgan edi. Ayni vaqtda Ekvador prokuraturasi sobiq vise-prezidentga nisbatan dastlabki tergov harakatlarini boshlagan. Mariya Aleksandra Vikunya korrupsiyada gumon qilinmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!