Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan alyuminiy, mis va nikel importini taqiqladi

Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan alyuminiy, mis va nikel importini taqiqladi

AQSh G‘aznachiligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, endilikda Amerika kompaniyalariga Rossiyaga aloqador metallar bilan operasiyalarni amalga oshirish, jumladan, ularni eksport qilish va reeksport qilish taqiqlangan. Aniqlik kiritilishicha, cheklovlar Rossiya Federasiyasida 2024 yil 13 aprelgacha ishlab chiqarilgan metallarga ta’sir qilmaydi.

Bundan tashqari, AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlari jahon metall birjalarida Rossiyaning alyuminiy, mis va nikelidan foydalanishni cheklashga qaror qildi. Natijada, London metallar birjasi (LME) va Chikago tovar birjasiga (CME) Rossiya metallari bilan operasiyalar o‘tkazish taqiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!