Qo‘shma Shtatlar birinchi marta atom elektr stansiyasini qayta ishga tushirish niyatida

Qo‘shma Shtatlar birinchi marta atom elektr stansiyasini qayta ishga tushirish niyatida

AQSh federal hukumati Michigan janubi-g‘arbidagi atom elektr stansiyasini qayta ishga tushirishga yordam berish uchun 1,5 milliard dollar kredit ajratadi.

Bu haqda Associated Press shtat rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Holtec International 800 megavatt quvvatga ega Palisades atom elektr stansiyasini 2022 yilda sotib olgan va uni demontaj qilishni rejalashtirgan. Biroq, endi, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati va shtat organlari ko‘magida uni 2025 yilgacha qayta ishga tushirish rejalashtirilgan. Buning uchun tegishli tekshiruvlar, sinovlar va AQSh yadroviy tartibga solish komissiyasining ruxsati o‘tkaziladi.

Bu AQShda qayta ishga tushiriladigan birinchi atom elektr stansiyasi bo‘ladi, dedi gubernator Gretxen Uitmer.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!