"Qurilish — UzBuild 2024" ko‘rgazmasida 18 mamlakatdan 450 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi

"Qurilish — UzBuild 2024" ko‘rgazmasida 18 mamlakatdan 450 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi

Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan «Qurilish – UzBuild 2024» xalqaro ko‘rgazmasi oldidan OAV vakillari uchun PRESS-LANCh tashkil etildi. Unda mutasaddi tashkilot va xorijiy kompaniya vakillari, jurnalistlar va tashkilotchilar ishtirok etishdi.

"Qurilish — UzBuild 2024" ko‘rgazmasida 18 mamlakatdan 450 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi

Dastlab, ko‘rgazma faoliyati, uning tarixi, ishtirokchilar va tadbirlar haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga tashkiliy masalalar haqida ham so‘z bordi.

Ta’kidlanishicha, 27 fevraldan 1 martga qadar Poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz»da 25-Yubiley Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2024» ko‘rgazmasi o‘z ekspozisiyasini namoyish etadi. – Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Joriy yilgi UzBuild 2024 ko‘rgazmasida 18 mamlakatdan 450 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda. Belarus Respublikasi, Germaniya, Xitoy, Turkiya milliy pavilonlari taqdim etilgan, Rossiya Federasiyasining bir qator hududlari jamoaviy tarzda ishtirok etmoqda. Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Xitoy, BAA nufuzli delegasiyalarining tashrifi kutilmoqda. Ko‘rgazma o‘z ekspozisiyasini «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasining barcha pavilonlarida va ochiq maydonida taqdim etadi.

Ko‘rgazmaning ixtisoslashtirilgan bo‘limi «Qurilish texnikasi va texnologiyalari – Build Tech» - qurilish texnikasi, yo‘l qurilishi uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va ko‘plab boshqa mahsulotlarning keng tanlovini namoyish etadi.

"Qurilish — UzBuild 2024" ko‘rgazmasida 18 mamlakatdan 450 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi

Ko‘rgazmada shuningdek, 5-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI 2024 bo‘lib o‘tadi. Anjumanda yetakchi kompaniyalar, moliya institutlari vakillari va yirik xalqaro ekspertlar ishtirok etadi. Tadbir nafaqat xorijiy tajriba bilan tanishish, balki qurilish sohasidagi mahalliy loyihalarni potensial investorlar va hamkorlar e’tiboriga yetkazish uchun samarali imkoniyatdir.

OAV vakillari uchun tashkil etilgan tadbirda innovasion, energiya tejamkor, yangi turdagi qurilish materiallari ham namoyish etilishi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumki, Davlatimiz rahbarining e’tibori va islohotlari natijasida qurilish materiallari sanoati mamlakat iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biriga aylandi. Ishlab chiqarish, investisiya va eksport ko‘rsatkichlari yil sayin ortib bormoqda. Yangi turdagi innovasion, energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilgan.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2016 yilda sohada 8,1 mingta korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 12,2 mingtaga yetdi. Hozirda Respublikada 185 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 2023 yilda 15,5 mln tonna - sement, 38 mln kv metr – qurilish oynasi, 42 mln kv metr – keramik plitka, 87 mln kv. metr – gipsokarton, 2,8 mln o‘ram – oboy, 200 ming tonna – tabiiy pardozbop toshlar tayyorlandi. Shuningdek, o‘tgan yilda yangi turdagi, energiya tejamkor qurilish materiallaridan 900 ming metr kub gazobeton, 5,5 mln kv. metr linoleum, 38 tonna smesitel, 75 ming tonna issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘tgan 5 yil davomida tarmoqda investisiya jalb qilish, xususan, xorijiy investisiyalarni yo‘nalishtirish 2,1 barobarga ortdi. Asosan, mamlakatimizdagi qurilish materiallari sanoatiga Xitoy, Rossiya, Turkiya, Eron, Qozog‘iston kabi davlatlardan investorlar qiziqishi ortmoqda. Birgina 2023 yilning o‘zida 2,0 mlrd dollarlik 420 ta investisiya loyihalari amalga oshirildi. Natijada, yangi quvvatlar yaratildi, import o‘rnini bosuvchi, yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Eng muhimi 14200 ta ish o‘rni yaratildi. Qurilish materiallari sanoatida investisiya loyihalarini amalga oshirishda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro viloyatlari yetakchi sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!