“Qo‘lbola” isitish moslamalari savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar ogohlantirildi

“Qo‘lbola” isitish moslamalari savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar ogohlantirildi

Aholi xonadonlarida ayrim hollarda yong‘in kelib chiqishi yoki is gazidan zaharlanish holatlariga “qo‘lbola” standartlarga javob bermaydigan isitish moslamalari ham sabab bo‘lishi mumkin.

Bunday holatlarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan davlat soliq xizmati idoralariga qo‘lbola yasalgan isitish moslamalarini ishlab chiqarish hamda ularning bozorlar va turli savdo shoxobchalarida sotilishining oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Sirdaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari bevosita joylarga chiqib, qo‘lbola isitish moslamalari bilan savdo qilish noqonuniy ekanligi yuzasidan tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borildi.

“Bozorlar va savdo komplekslarida “qo‘lbola” yasalgan isitish vositalarini sotish noqonuniy ekanligi yuzasidan bugungi kunga qadar 20 nafardan ortiq tadbirkorlarga rasman ogohlantirishlar berildi va ularning bunday vositalarni sotishdan voz kechishlariga erishilmoqda. Ogohlantirishdan keyin ham ushbu moslamalarni sotish davom ettirilsa, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi, tovar moddiy boyliklar esa davlat foydasiga musodara qilinadi”, - deydi Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i Murod To‘raqulov.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!