Qozog‘istonda vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi mamlakatga olib kelinadi

Qozog‘istonda vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi mamlakatga olib kelinadi

2024-yil 3-aprel kuni soat tahminan 17:00 larda Qozog‘iston Respublikasi, Aqto‘be viloyati, Algin tumanidan o‘tgan Respublika ahamiyatiga ega “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lining 678 km.da “Toyota-Alhpard” rusumli hamda “Volvo” rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Natijada, “Toyota-Alhpard” rusumli avtomobilida bo‘lgan jami 8 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Favqudodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!