Qozog‘istonda qo‘lga olingan 27 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘z ish joyiga qaytdi

Qozog‘istonda qo‘lga olingan 27 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘z ish joyiga qaytdi

Bundan bir necha kun avval Olmaota shahrida qo‘lga olingan 27 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘z ish joyiga qaytdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” agentligi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 6 iyun kuni Olmaotada 27 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy ishlagani va Qozog‘iston hududida bo‘lib turish qoidalarini buzganlikda gumon qilinib ushlangan. Ular Qozog‘iston vakolatli idoralari tomonidan o‘tkazilgan “Nelegal” respublika favqulodda profilaktika tadbiri davomida qo‘lga olingan.

Mazkur holat bo‘yicha Olmaotadagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘istonning vakolatli organlariga tegishli so‘rov yuborildi. Olmaota polisiyasi bilan aloqa o‘rnatilib, Bosh konsulxona tomonidan kerakli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtda 27 nafar o‘zbekistonlik ishchilar o‘z ish joylariga qaytarildi. Ulardan 4 nafariga mehnat migrasiyasi sohasi bo‘yicha qonunchilikni buzgani uchun sud tomonidan ma’muriy javobgarlik tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!