Qozog‘istonda kuchli shamol bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Qozog‘istonda kuchli shamol bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Qozog‘istonda kuchli shamol tufayli 160 dan ortiq bino vayron bo‘ldi, uylarning tomi uchib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda respublika favqulodda qo‘mitasi inqirozni boshqarish markazi rahbari Rustambek Amringa tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

"22 tuman va Aqmola, Kostanay va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida sekundiga 30 metr tezlikda shamol esishi natijasida 160 dan ortiq bino va inshootlarning tomlari vayron bo‘lgan", – dedi u.

Amrinning qo‘shimcha qilishicha, Aqmola va Kostanay viloyatlarining to‘qqiz tumanida elektr uzatish liniyalari shikastlangan. Shuningdek, Aqmola viloyatida bir kishi baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, 13 ta hududda bo‘ron to‘g‘risida ogohlantirishlar e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!