Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq karantin qoidalari kuchaytirildi

Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq karantin qoidalari kuchaytirildi

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari tibbiy xizmatni to‘liq va uzluksiz ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishni buyurgan.

Bundan tashqari, Idoralararo komissiya mamlakatdagi kunlik kasallanishning 65 foizini va kunlik o‘limning 55 foizini tashkil etadigan Nur-Sulton, Olmaota, Chimkent, Atirau, Qarag‘anda shaharlarida karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Qarorga ko‘ra, endilikda ushbu shaharlarda quyidagi cheklov choralari 2021 yil 2 avgustdan kuchga kiradi:

markaziy davlat idoralari, hokimiyatlar, huquqni muhofaza qilish idoralari, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, «Ashyq» loyihasida qatnashadigan barcha korxona va tashkilotlarni mustasno qilgan holatda, barcha korxonalarning faoliyatini to‘xtatib turiladi;
sport, oilaviy va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni taqiqlanadi;
davlat idoralari, korxonalar, milliy kompaniyalar va boshqa tashkilotlar xodimlarining (so‘nggi 3 oy ichida emlanganlar va tiklanganlar bundan mustasno) 80 foizi masofadan ishlashga o‘tkaziladi.
Avvalroq Qozog‘iston «Xalq» partiyasi hukumatga eshitish moslamasi va ko‘zoynak sovg‘a qilmoqchiligi aytilgandi. Shuningdek, Qozog‘iston aeroportlarida yo‘lovchilar uchun yangi qoidalar joriy qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!