Qozog‘istonda jamoat joylarida hijobda yurishni taqiqlash ko‘rib chiqiladi

Qozog‘istonda jamoat joylarida hijobda yurishni taqiqlash ko‘rib chiqiladi

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, jamiyatda diniy libos kiyishni taqiqlash masalasi dolzarb bo‘lib qolgan.

Biz uchun eng muhim masala mamlakatimizning milliy manfaatlari, an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashdir. Hozirgi holatga qarasangiz, jamiyatda qora kiyingan qozoqlar ko‘proq. Bu holat bo‘lajak milliy manfaatlarimizga jiddiy zarar yetkazadi, — dedi parlament a’zosi.

U tegishli qonun loyihasi parlamentning bo‘lajak sessiyasida kiritilishini qayd etdi.

Shuning uchun biz, bir guruh deputatlar, shunday qonun loyihasini tayyorladik. U parlamentning kuzgi sessiyasida taqdim etiladi. O‘ylaymanki, uni qabul qilish bilan jamiyatdagi hijob, niqob va boshqa diniy kiyim masalasi hal bo‘ladi. Shunda diniy kiyim masalasini qandaydir tarzda tartibga solishimiz mumkin bo‘ladi, — deya xulosa qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!