Qozog‘iston prezidenti hukumat iste’fosi haqida qaror qabul qildi

Qozog‘iston prezidenti hukumat iste’fosi haqida qaror qabul qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumatning iste’fosi haqida qaror qabul qildi, deb yozadi «Nur.kz» Oq O‘rdaga tayanib.

Davlat rahbari tegishli farmonni Qozog‘iston Konstitusiyasining 70-moddasiga muvofiq imzoladi.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumat iste’foga chiqishi kerakligi haqida bayonot bergan edi.

Shuningdek, hujjatga ko‘ra, Askar Mamin bosh vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Manba: oxo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!