Qozog‘iston parlamentiga saylovlar sanasi ma’lum bo‘ldi

Qozog‘iston parlamentiga saylovlar sanasi ma’lum bo‘ldi

Qozog‘iston parlamenti majlisi (quyi palatasi)ga saylovlar 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Tegishli farmon respublika prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan imzolandi.

«Bugun men parlament majlisi  deputatlari saylovini belgilash haqida farmon imzoladim. Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan barcha darajadagi maslixatlar deputatlari saylovlari belgilandi. Bo‘lg‘usi saylovlar konstitusiyaviy muddatlarda 2021 yilning 10 yanvarida bo‘lib o‘tadi», — dedi To‘qayev qozog‘istonliklarga yo‘llagan murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda parlament muxolifati instituti joriy etilgan, unga, xususan, bitta sessiya davomida kamida bir marta parlament eshituvlarini o‘tkazishga tashabbuskorlik qilish, shuningdek, bitta sessiya mobaynida kamida ikki marta hukumat soati kun tartibini belgilash huquqi beriladi. Partiya ro‘yxatlarida birinchi marta ayollar va yoshlar uchun 30 foizli kvota paydo bo‘lgan.

Bundan tashqari, maslixatlar — mahalliy vakillik organlariga bo‘lg‘usi saylovlar birinchi marta partiya ro‘yxatlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Qozog‘iston yetakchisi fuqarolarni faol fuqarolik pozisiyasini namoyon etib, bo‘lajak saylovlarda ovoz berishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!