Qozog‘iston Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar ishlab chiqarish markaziga aylandi — IIV

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar ishlab chiqarish markaziga aylandi — IIV

So‘nggi 4 yil ichida Qozog‘istonda “sintetika” aylanmasi 10 barobar oshdi. Mamlakat Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar ishlab chiqarish markaziga aylandi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.

So‘nggi yillarda Qozog‘iston mintaqada giyohvand moddalar ishlab chiqarish markaziga aylandi. Bizning “sintetika”miz allaqachon Qirg‘iziston va O‘zbekiston “bozorlarini” faol ravishda to‘ldirmoqda. Bu giyohvand moddalar uchun juda qattiq jazolarga qaramay amalga oshmoqda. Muammo kimyoviy moddalar va uskunalardan qonuniy foydalanishdir.
Bunga moddalar, turli reaktorlar, kondensatorlar va bug‘lantiruvchilar kiradi. Biroq ularning noqonuniy savdosi uchun real javobgarlik yo‘q. Faqat prekursorlar (maqsadli moddaning shakllanishiga olib keladigan reaksiyada ishtirok etadigan modda) kontrabandasi va narkolaboratoriyalar uchun jihozlarni sotganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi, — dedi IIV rahbari o‘rinbosari Marat Kojayev.

U qonunda belgilangan jazo yo‘qligi sababli huquq-tartibot idoralari giyohvand moddalarni “tayyorlovchilar” tovarlarni sotishni boshlashini kutishlariga to‘g‘ri kelishini aytdi.

Shu tufayli bugungi kunda ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasida prekursorlar va ko‘rsatilgan uskunalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutilgan. Agar o‘zgartirishlar qabul qilinsa, giyohvand moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish 15 yildan 20 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, — dedi Kojayev.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!