Qovurilgan kartoshka iste’mol qilishning asosiy xavfli jihati aniqlandi

Qovurilgan kartoshka iste’mol qilishning asosiy xavfli jihati aniqlandi

AQSH, Italiya, Ispaniya hamda Buyuk Britaniyaning bir guruh olimlari qovurilgan kartoshga iste’mol qilish erta o‘lim xavfini tezlashtirishi aniqladi. Tadqiqot maqolasi American Journal of Clinical Nutrituon jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar bunday qarorga 4400 nafar ko‘ngillilarni sakkiz yil davomida kuzatishdan so‘ng keldi. O‘tgan davr mobaynida 236 nafar bemor olamdan o‘tgan.

Olimlar asosiy e’tiborni ovqat iste’mol qilish odatlariga qaratdi va haftasiga eng kamida ikki porsiya qovurilgan kartoshka yeyish erta o‘lim xavfini ikki martaga oshirishini aniqladi. Ta’kidlanishicha, qaynatilgan yoki pishirilgan kartoshkada bu kabi xavf mavjud emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!