Qirg‘iziston yana Rossiya TIVga nota yubordi

Qirg‘iziston yana Rossiya TIVga nota yubordi

Nota bir qator ommaviy axborot vositalarida 3 iyun kuni Moskvada "maxsus operasiya" ishtirokchilarini mashinasiga o‘tqazishdan bosh tortgan qirg‘izistonlik taksi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingani yuzasidan yuborilgan.

Qirg‘izistonning Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi taksi haydovchisiga uning arizasiga asosan “zaruriy konsullik va yuridik yordam” ko‘rsatgan.

Natijada jinoyat tarkibining yo‘qligi sababli Qirg‘iziston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish yuritish tugatildi”, deya ta’kidlaydi Qirg‘iziston TIV.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!