Qashqadaryodagi tibbiyot birlashmasida qonunbuzarlik aniqlandi

Qashqadaryodagi tibbiyot birlashmasida qonunbuzarlik aniqlandi

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi organlari tomonidan viloyatdagi tibbiyot muassasalarining birida energiya va suv resurslaridan foydalanish holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Bu haqda saytimizning ishonchli manbasi xabar berdi.

O‘tkazilgan monitoring davomida viloyatdagi tibbiyot birlashmalaridan birida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, birlashmaning xo‘jalik ishlar mudiri D.SH. ta’minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan, loyihadan tashqari 2 dona tabiiy gaz qozonlarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib, tuman gaz ta’minoti korxonasiga 8 mln. 352 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligi aniqlandi.

Shu sababdan, birlashmaning xo‘jalik ishlari mudiri O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 101-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi va unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi va huquqbuzar yetkazilgan 8 mln. 352 ming so‘mlik zarar hamda jarima to‘liq qoplab berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!