Qarshida fojia: haydovchining shoshqaloqligi tufayli bir inson hayotdan ko‘z yumdi (VIDEO)

Qarshida fojia: haydovchining shoshqaloqligi tufayli bir inson hayotdan ko‘z yumdi (VIDEO)

Kecha, 18 sentyabr kuni Qarshi shahri Islom Karimov ko‘chasidagi «peshexod»dan o‘tayotgan aka-ukalardan birini «Gentra» urib yuborgan. Yigit shifoxonada olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Bu haqda vafot etgan yigitning ukasi «MILITSIYA UZB»ga ma’lum qildi.

«Ko‘z o‘ngimda akamni katta tezlikda kelayotgan mashina urib yubordi. U 10-12 metrga uchib ketdi. Yo‘lda qon izlari hozir ham turibdi. Haydovchi yosh yigit ekan. Unga tegishli chora ko‘rilishini istayman», deydi vafot etgan yigitning ukasi.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi paytlarda avtofalokatlarning aksariyati haydovchilarning shoshqaloqligi, o‘quvsizligi va e’tiborsizligi tufayli yuz bermoqda. Haydovchilik guvohnomasini olsam bo‘ldi, qolganini mashina haydash barobarida o‘rganib olaveraman, deydiganlar ham afsuski yo‘q emas. Bundaylarning kasriga esa yo‘lovchilar qolib ketadi va yuqoridagi kabi ayanchli holatlar sodir bo‘laveradi. Shuning uchun haydovchilardan hushyorlik va boshqalar hamda o‘zlarining hayotlariga befarq bo‘lmasliklarini so‘rab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!