Putinga va’da qilingan birinchi rus elektromobili Xitoyda yig‘iladi

Putinga va’da qilingan birinchi rus elektromobili Xitoyda yig‘iladi

Rossiyada ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan “Atom” elektromobilini Xitoyda yig‘ish rejalashtirilmoqda. Garchi uning loyihasini ishlab chiqqanlar avvaldan buyurtmani yig‘ishni boshlab yuborgan bo‘lsa-da, hozircha avtomobil ishlab chiqarilmayapti, deb yozmoqda RBK.

Elektromobil loyihasini ishlab chiqqan “Kama” AJ va Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investisiyalar fondi (RFPI) Xitoyning XY Group («Syuan Yuan») xalqaro korporasiyasini jalb qilishga kelishib olgan, deb xabar bermoqda fondning matbuot xizmati. Hamkorlikka ko‘ra “Atom”ni Xitoy bozorida o‘tkazish, shuningdek, Harbin shahrida elektromobilni ishlab chiqarish uchun sanoat maydoni va quvvatlarni izlab topish nazarda tutilgan. Rejalarda Xitoyda qo‘shma tadqiqot va ishlanmalar markazi tuzish ham bor.

Bugunga kelib bu avtomobil uchun 105 mingdan ziyod avvaldan buyurtmalar olingan.

RBKning aniqlik kiritishicha, “Atom” 7 soniyada 100 km/h tezlikka erishadi, avtomobilning yurish zaxirasi esa 500 kmʼni tashkil etadi. “Atom” dizaynini Italiyadagi byurolardan biri ishlab chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!