Putin Raisiyning o‘limi haqida gapirdi

A A A
Putin Raisiyning o‘limi haqida gapirdi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning o‘limi katta yo‘qotish bo‘ldi, u «o‘z so‘zida turadigan odam» edi, u bilan «ishonch bilan ishlash mumkin edi», dedi Vladimir Putin Davlat dumasi spikeri Vladimir Volodin bilan uchrashuvda.

Putin, shuningdek, Volodin Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun 22 may kuni Tehronga uchib ketishini aytdi.

«Prezident Raisiyning o‘limi, birinchi navbatda, Eron uchun katta yo‘qotish», - dedi Putin. Uning qo‘shimcha qilishicha, Raisiy o‘z so‘zining ustidan chiqadigan odam bo‘lgan va u bilan ishlash Putinga zavq bag‘ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!