O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

O‘zbekiston tomonidan komissiya hamraisi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hisoblanadi. Qirg‘iziston tomonidan – Qirg‘iziston Jogorku Keneshi vise-spikeri Nurlanbek Azigaliyev.

Tomonlar ochiq va konstruktiv ruhda ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollarini, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, hududlararo va chegaraoldi hududlari hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, yuqori darajada erishilgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston kelishuvlarini amalga oshirishga ko‘maklashish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, kelgusida davlatlararo va parlamentlararo formatdagi muhim tadbirlar muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!