Rob Peyj Uels milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi

Rob Peyj Uels milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi

Uelsni 64 yillik tanaffusdan so‘ng JChga olib chiqqan murabbiy iste’foga chiqarildi U 2020 yil noyabrda Rayan Giggz o‘rniga jamoa boshqaruviga kelgandi. Mutaxassis 3,5 yillik faoliyati davomida jamoani 64 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor 2022 yilgi jahon chempionatiga olib chiqdi. Shuningdek, Uels uning qo‘l ostida Yevro-2020da guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Ammo mart oyida Polshaga qarshi saralash pley-offida mag‘lub bo‘lgan (0:0, pen — 4:5) Uels Yevro-2024ga chiqa olmadi.

Iyun oyida esa Gibraltar (0:0) va Slovakiya (0:4) milliy jamoalari bilan muvaffaqiyatsiz o‘rtoqlik o‘yinlaridan so‘ng Peyj muxlislarning keskin tanqidiga uchradi.

Avvalroq mutaxassis bilan shartnoma 2026 yilgacha uzaytirilgandi, ammo qoniqarsiz natijalar fonida hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilindi.

Peyj hammasi bo‘lib 45 ta o‘yinda Uelsni boshqardi. Jamoa ularning 15 tasida g‘alaba qozondi, 15 tasida durang o‘ynadi va 15 tasida mag‘lub bo‘ldi.

Uels navbatdagi o‘yinini Millatlar ligasi doirasida 6 sentyabr kuni Turkiyaga qarshi o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!