Putin "Pullar qani?" degan savolga javob berdi

Putin "Pullar qani?" degan savolga javob berdi

Rossiya tarixida ilk marta ichki rezervlar yordamida tashqi qarz qoplandi. Bu haqda prezident Vladimir Putin Federal majlis chog‘ida ma’lum qildi. Mazkur majlis translyasiyasi Kreml rasmiy saytiga joylashtirilgan.

Putin bu pullar ishlayotganini, shu jumladan, ularning to‘liq hajmda Rossiya byudjetidan olinganini tasdiqladi. Shu sabab men Pullar qani? deb so‘rayotganlarga murojaat qilaman: bizda ma’lum miqdorgacha to‘plash va keyin uni sekinlik bilan sarflash mayuburiyati bor , - deya qo‘shib qo‘ygan prezident.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga iqtisodiy rivojlanishning yuqori tezligi kerak. Buning uchun zudlik bilan mehnat unumdorligini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun infrastruktura cheklovlarini olib tashlash va tegishli xodimlarni tayyorlash kabi tizimli muammolarni hal etish lozim.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!