Putin og‘ir kasal bolaning Peterburgni vertolyotda aylanish istagini amalga oshirdi

Putin og‘ir kasal bolaning Peterburgni vertolyotda aylanish istagini amalga oshirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgni vertolyotda aylangan Artyom Palyanov bilan telefon orqali gaplashib, taassurotlarini so‘radi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Oldinroq Putin Artyom, uning otasi va ukasi bilan Sankt-Peterburgdagi Konstantinovskiy saroyida uchrashgan va kirib kelayotgan bayramlar bilan tabriklab, ular uchun tayyorlab qo‘yilgan sovg‘alarni ko‘rsatgandi. Shundan so‘ng Artyom va uning ukasi shahar bo‘ylab vertolyot ekskursiyasiga yo‘l oldi.

Putin dekabr oyining boshida Rossiya ko‘ngillilar forumida ishtirok etib, u yerda og‘ir kasal bolalar istaklarini amalga oshiradigan «Men bilan orzu qil» loyihasi bilan tanishgan va shunday tilaklar bitilgan 5 ta konvertni o‘zi bilan olib ketgandi. Ular orasida Peterburgni vertolyotdan kuzatish istagida bo‘lgan Artyomning ham maktubi bor edi.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!